Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Yohannes Gutenberg nomidagi Mayns Unive | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Yohannes Gutenberg nomidagi Mayns Universiteti (Germaniya) Turkologiya kafedrasi professorlari Julian Rench ( tilshunoslik) va Petr Kucyera ( adabiyotshunoslik) lar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlar BuxDU rektori Obidjon Xamidov bilan suhbatlashishdi.

BuxDU O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasiga rasmiy shartnoma va buyruqqa asosan tashrif buyurgan professorlar Filologiya fakulteti talabalariga o`zbek tili tarixi fanidan "O`zbek va uyg`ur tillarining tarixiy morfologiyasi" mavzusida ma'ruza mashg`ulotlari o`tkazishdi.
Nemis professorlarining o`zbek tilida erkin so`zlasha olishi talabalarda katta taassurot qoldirdi. Tilimizga bo`lgan e'tibor, xalqaro miqyosda o`zbek tilining o`rganilishi faxr uyg`otdi. Savol-javob, erkin muloqot tarzida olib borilgan mashg`ulot mobaynida talabalar yangi ilmlardan boxabar bo`lishdi.

————————-
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube