Get Mystery Box with random crypto!

#malaka_oshirish #live Ayni daqiqalarda Oliy ta’lim, fan va i | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#malaka_oshirish
#live

Ayni daqiqalarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik qoshidagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

“Axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy PR yondashuvlar” mavzusidagi trening davomida ishtirokchilar PR xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishda zamonaviy tendensiyalar, tashkilot mediaqiyofasini yaratishda zamonaviy PR texnologiyalar, Kommunikatsiyani maqsadli tashkil qilish, Mediasavodxonlik va “faktcheking” kabi mavzularda bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

Seminar davom etmoqda…

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube