Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Ayni damda Samarqand shahrida, “SOF EX | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Ayni damda Samarqand shahrida, “SOF EXPO SAMARKAND” xalqaro koʻrgazmalar majmuasida “WORLD EDU 2023” xalqaro koʻrgazmasi davom etmoqda...

Koʻrgazma iqtidorli talabalarga stipendiyalar yoki taʼlim grantlari, abituriyentlarga esa oʻzlari qiziqqan soha boʻyicha oliygohlarning rasmiy vakillari, malakali mutaxassislardan maslahat olish imkonini beradi.

Mazkur koʻrgazmada Buxoro davlat universiteti mas'ul xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Eslatib o'tamiz koʻrgazmada Oʻzbekiston, Rossiya, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Turkiya va boshqa davlatlarning yetakchi oliy oʻquv yurtlari vakillari ham qatnashmoqda.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube