Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Buxoro shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’li | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Buxoro shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Kogon shahridagi 9-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi o‘quvchilari BuxDUda bo`lishdi. Ular uchun Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti, geliofizika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan laboratoriya ishlaridan mahorat darslari o`tkazildi.

Iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning sinfdan tashqari bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirish maqsadida qilingan bu tashrif davomida biologiya, fizika laboratoriyalari, matematika, informatika bo‘limlari hamda "Qatag‘on qurbonlari" muzeyini kuzatishdi.

Yakunda maktab jamoasi, jumladan, sinf rahbarlari ham o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi. Tashrif maktab o‘quvchilarida katta ta`assurot qoldirdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube