Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro davlat universitetida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinay | •BuxDU •БухГУ •BukhSU



Buxoro davlat universitetida an’anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Karyera kuni” bo`sh ish o`rinlari yarmarkasi mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash va yoshlar o`rtasida bandlikni oshirishda muhim o`rin tutmoqda.

Unda BuxDU talabalari hamda bitiruvchilari o`zlariga mos ish o`rni topish, korxona va tashkilotlar esa o`zlariga munosib kadrni saralash imkoniga ega bo`lishmoqda.

Ishtirokchilar sonining oshishi bilan mehnat yarmarkasining ko`lami ham kengayib bormoqda. Bugun o`tkazilgan “Karyera kuni” ham fikrimizning yaqqol isbotidir.

Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida talabalar va bitiruvchi yoshlar uchun viloyatning sohalar bo‘yicha Xalq ta’limi sohasida 1151 ta, maktabgacha ta’lim sohasida 611 ta, tibbiyot sohasida 380, sanoat sohasida 826 ta, qurilish sohasidan 115 ta, qishloq xo’jaligi sohasida 130 ta, va boshqa sohalar bilan birgalikda jami 4000 dan ziyod boʻsh ish o’rinlari taklif etildi.
Yarmarkada 120 dan ortiq korxona tashkilotlar jalb qilingan bo’lib, 3000 dan ortiq bitiruvchilar hamda talabalar qatnashdi.Tadbir davomida ishga 200 dan ortiq ishga joylashish bo'yicha kelishuvga ega bo'lindi hamda 50 ga yaqin o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatildi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube