Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili va | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor- o’qituvchilari Moskva davlat universitetida

Joriy yilning 5-aprelidan boshlab Filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan f.f.d., professor Sh.Axmedova, f.f.d., professor L.Sharipova, f.f.d., dotsent Z.Amonova, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Buxoro hududiy bo‘linmasi rahbari, f.f.d., professor B.Jo‘rayevalar M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida ilmiy-stajirovka o‘tashmoqda.

Professor-o‘qituvchilar 7-aprel kuni institutdagi XXX “Dmitriyev o‘qishlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etish bilan bir qatorda Sh.Axmedova “O‘zbek adabiy tanqidchiligining janrlari”, B.Jo‘rayeva “O‘zbek tilida maqol va matal munosabati”, L.Sharipova “Folklor va o‘zbek she`riyatida daryo obrazi”, Z.Amonova “Arab harflari va dunyoning yaratilishi” mavzularida ma`ruza qilishdi.


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube