Get Mystery Box with random crypto!

DIQQAT! DIQQAT!!! Siz muddatidan oldin talaba bo‘lmoqchimisiz | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

DIQQAT! DIQQAT!!!

Siz muddatidan oldin talaba bo‘lmoqchimisiz? Buxoro davlat universitetida imtiyoz asosida o‘qishni istaysizmi?

UNDA BU AYNAN SIZ UCHUN!

Buxoro davlat universiteti viloyatdagi umumta’lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘p bosqichli (tuman(shahar)-viloyat-oliy ta’lim muassasasi) matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya fan olimpiadasini e’lon qiladi.

Olimpiadaning yakuniy bosqichida 1-3 o'rinlarni egallagan o'quvchilar imtiyoz asosida #BuxDU ga imtixonsiz qabul qilinadi

Olimpiadada Buxoro davlat universitetida o‘qish istagi bo‘lgan barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

OLIMPIADALAR NIZOMI
Olimpiadaga ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin HAVOLA (havolani ustiga bosing)

Qabul jarayonlari 2023-yil 16-aprel kuniga qadar davom etadi
Olimpiada kunlari va joyi qabul jarayonlari tugagandan so'ng elon qilinadi

Murojaat uchun tel: 88 852 30 05


BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt| Youtube