Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro davlat universiteti va Buxoro viloyat xalq taʼlimi bosh | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

Buxoro davlat universiteti va Buxoro viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda oliy oʼquv yurti talabalari malaka amaliyotini tashkil etish va oʼtkazishga moʼljallangan qoʼllanma yaratildi.

Buxoro davlat universiteti oʼquv-uslubiy deportamenti va deportamentning bosh mutaxassisi Sh.R.Аlimovaning bevosita koʼmagida, Tarix va yuridik fakul’teti “Jahon tarixi” kafedrasi dotsenti B.N.Rizayev hamda Buxoro viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi ijtimoiy fanlar yoʼnalishi uslubshunosi H.M.Kobilovalar hamkorligida “Malaka amaliyotini tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha metodik koʼrsatma” nomli oʼquv-metodik qoʼllanma yaratildi.

Oʼquv-metodik qoʼllanma pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan 2 — 4-bosqich talabalari uchun haftalik oʼquv mashgʼulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida amaliyot oʼtash tartibida olib borilishini taʼminlashga moʼljallangan.