Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDU_yangiliklari Talabalar turar joylarida talaba-qizlar | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDU_yangiliklari

Talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o'rganish uchun Termiz davlat universiteti Xotin qizlar kengashi raisi D.Xamzayeva, Toshkent davlat yuridik universiteti Xotin qizlar kengashi raisi U.Xaydarovadan iborat Respublika ishchi guruhi Buxoro davlat universitetida bo`lishdi.

Dastlab ishchi guruh vakillari BuxDUda xotin-qizlarning ilm olishlari, sport bilan shug'ullanishlari va hunar o'rganishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida bo‘lib, u yerdagi qulayliklar, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar, qizlarning ta'lim olishi, yashashi uchun yetarlicha ijobiy muhit tashkil etilganligi o'rganildi. O'rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar e'tirof etilib, ayrim muammolar yuzasidan takliflar berildi.

BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube