Get Mystery Box with random crypto!

#Orientation_Week #Talaba_yoshlarni_birlashtiradigan_loyiha | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#Orientation_Week
#Talaba_yoshlarni_birlashtiradigan_loyiha

Talaba-yoshlarni universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko'mak berish maqsadida bugun BuxDUda “Orientation Week” loyihasining 3-kuni Tarix va yuridik hamda Xorijiy tillar fakultetining 1-bosqich talaba-yoshlari bilan bo'lib o'tdi.

Loyihaning 3-kunida Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqaramasi boshlig'i Sh.Raxmonov, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sh.Narzullayev talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularga loyiha doirasida o'tkaziladigan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, yoshlar uchun ajratilgan grantlar, yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan yangicha loyihalar haqida ma'lumot berildi.

Yakunida boshqarma boshlig'i tomonidan yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish maqsadida chop etilgan "Jadidlar" kitoblar to'plami universitetga sovg’a sifatida taqdim etildi.