Get Mystery Box with random crypto!

#BuxDUda talabalarni TTJga joylashtirish jadallik bilan davom | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

#BuxDUda talabalarni TTJga joylashtirish jadallik bilan davom etmoqda.

BuxDUda Joriy yilning 26 avgust kunidan boshlab hatto bayram kunlari (1-4.09.2022) ham universitet rahbariyati boshchiligida TTJga talabalarni yashash xonalariga tizimli ravishda joylashtirish davom etmoqda.

Talabalarni TTJga joylashishi uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar:
1. Talabalar uydan - masofadan turib ushbu http://uniwork.buxdu.uz/yotoqxona.asp platforma tizimi orqali TTJga joylashish uchun ariza topshirib ro‘yxatdan o‘tishadi (TTJning o‘zida ham ro‘yxatdan o‘titish uchun kompyutor xizmati yo‘lga qo‘yilgan);
2. 2022/2023-o‘quv yilida TTJda yashash uchun 1 oylik to‘lov miqdori 150 ming so‘m qilib belgilandi (o‘tgan o‘quv yilida 193 ming bo‘lgan);
3. TTJning o‘zida talabalar uzoqqa borib ovvora bo‘lmasligi, vaqtni yo‘qotmasligi uchun ALOQA BANKning sayyor kassasi to'lov tizimi tashkil etildi. Bunda talaba shu yerning o‘zida to‘lovni erkin, qiyinchiliksiz, tezkor amalga oshirishi mumkin.

@buxdu_uz