Get Mystery Box with random crypto!

TARIXGA MUXRLANGAN G'ALABA 3-sentabr kuni robototexnika | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

TARIXGA MUXRLANGAN G'ALABA

3-sentabr kuni robototexnika bo‘yicha eng yirik musobaqalardan biri FIRST Global Challenge 2022 bellashuvining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Buxoro Davlat Universitetida joylashgan RobotsAndMe o'quv markazining 7 ta kuchli jamoalari qatnashib:

"Robots And Me KIDS" jamoasi g'alaba qozonib 2022-yil 13-16-oktabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan FIRST Global Challenge musobaqasida O‘zbekistonni himoya qilish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdilar!

"Robots And Me" jamoasi ham faol qatnashib faxrli 3 o'rinni egallashga sazovor bo'lishdi

FRENZY ROBOT , Robots And Champions , WALL-E , Космонавты , Robototexniklar jamoalari ham faol qatnashib maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishdi !

Endi esa bizga bayrog‘imizni xalqaro musobaqalarda hilpiratish navbati keldi va biz oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz !

@RobotsAndMe