Get Mystery Box with random crypto!

​#BuxDU #TTJ #Ijara #BuxDUda talabalarni TTJga joylashtirish | •BuxDU •БухГУ •BukhSU

​#BuxDU #TTJ #Ijara

#BuxDUda talabalarni TTJga joylashtirish jadallik bilan davom etmoqda.

Xabar qilganimizdek, joriy yilning 26 avgust kunidan boshlab hatto bayram kunlari (1-4.09.2022) ham universitet rahbariyati boshchiligida TTJga talabalarni yashash xonalariga tizimli ravishda joylashtirish davom etmoqda.

MAS'ULLAR:
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha Birinchi prorektor, fakultet dekan o‘rinbosarlari, talabalarni turar joy bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari, tyutorlar, TTJ direktori, binobonlar.

Talabalarni TTJga joylashishi uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar:
1. Talabalar uydan - masofadan turib ushbu http://uniwork.buxdu.uz/yotoqxona.asp platforma tizimi orqali TTJga joylashish uchun ariza topshirib ro‘yxatdan o‘tishadi (TTJning o‘zida ham ro‘yxatdan o‘titish uchun kompyutor xizmati yo‘lga qo‘yilgan);
2. 2022/2023-o‘quv yilida TTJda yashash uchun 1 oylik to‘lov miqdori 150 ming so‘m qilib belgilandi (o‘tgan o‘quv yilida 193 ming bo‘lgan);
3. TTJning o‘zida talabalar uzoqqa borib ovvora bo‘lmasligi, vaqtni yo‘qotmasligi uchun ALOQA BANKning sayyor kassasi to'lov tizimi tashkil etildi. Bunda talaba shu yerning o‘zida to‘lovni erkin, qiyinchiliksiz, tezkor amalga oshirishi mumkin.
4. Tyutorlar talabani kutib olyapti va mas'ullar bilan birgalikda TTJga joylashtirishni tashkil etyapti.

Ijarada yashash istagi bo'lganlar uchun qulaylik:
Shuningdek, joriy o'quv yilidan BuxDU TTJlarida yashamasdan ijara xonadoni izlayotgan talabalar uchun ham qulaylik yaratilib BuxDU IJARA MARKAZI https://t.me/buxduijaramarkazi telegram kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
BuxDU ijara markaziga mas'ul xodim (Mirali Sharipov)ning murojaat uchun telefon va telegram raqami +998 90 715 19 07.