Get Mystery Box with random crypto!

Oʻtgan ming asrdan beradi sado Boshqalar bir dunyo oʻz bir dun | BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING

Oʻtgan ming asrdan beradi sado
Boshqalar bir dunyo oʻz bir dunyo
Tanamda doimo joʻsh urgan qonim
Mustaqil Vatanim Oʻzbekistonim

Har bir qarich yeri jannatlarga teng
Buxoro Samarqand Xivasin koʻring
Quyoshi porlaydi tinchdir osmonim
Mustaqil Vatanim Oʻzbekistonim

Zamonlarga boqing bugun tengdoshim
Boshqadan kam qilmas bizni yurtboshim
Yaxshi-yomon kunda Vatandir panoh
Bu yurtni qoʻllaydi yaratgan Alloh

Birlashib shu elning ertasi uchun
Yurakda porlasin oʻchmas bir uchqun
Dilda boʻlsin abad yolgʻiz so’zimiz
Axir biz buyuk yurt farzandlarimiz.


┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•