Get Mystery Box with random crypto!

BSMI news

Telegram kanalining logotibi buxdti1032019 — BSMI news B
Telegram kanalining logotibi buxdti1032019 — BSMI news
Kanal manzili: @buxdti1032019
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.70K
Kanalning ta’rifi

BSMI news - BuxDTIdagi norasmiy informatsion kanal.
BSMI news - Неофициальный информационный канал в БухГМИ.
Instagram:
https://instagram.com/bsmi_news
Bot: @Bsminewsownerbot
https://t.me/buxdti1032019

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2021-01-28 19:10:48 ​​UZ/RU:
Baholash tizimi qanday?

Joriy 5, Oraliq 4, Yakuniy 3 bo‘ldi. Endi menga necha chiqadi?

Talabalar tomonidan shu va shu kabi savollar ko‘plab beriladi. Kimdir Joriy 50% desa, yana kimdir Yakuniy 75% bahoni beradi deydi. Aslidachi?

Zamonaviy baholash O‘RTA ARIFMETIKni topish orqali amalga oshiriladi. Jarayonni tushunishdan oldin bir qancha atamalarga oydinlik kiritish zarur:

Joriy baho (JB)— talabaning semestr(lar) davomida darslarda olgan barcha baholarining o‘rta arifmetigi. Bundaa barcha baholar qo‘shilib, nechta son qo‘shilgan bo‘lsa shunchaga bo‘linadi.

Oraliq nazorat bahosi (ONB) — semestr(lar) o‘rtasida kafedralar tomonidan o‘tkaziladigan oraliq nazorat bahosi. Bir fan bo‘yicha faqat bir marotaba ON o‘tkaziladi. Quyidagi fanlardan ON o‘tkazilishi mumkin emas.

Yakuniy nazorat bahosi (YNB) — semestr(lar) so‘nggida o‘tkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlari bahosi. Bir fan bo‘yicha faqat bir marotaba YN o‘tkaziladi.

Umumiy baho (UB) — talabaning fan bo‘yicha yakunlovchi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi.

Umumiy bahoni hisoblash tartibi:
UB=(JB+ONB+YNB)/3

Agar fan bo‘yicha oraliq nazorat o‘tkazilmasa:
UB=(JB+YNB)/2

Mustaqil ishlarning baholari UBga ta‘sir qilmaydi, balki darslar davomida o‘quvchining salohiyatini aniqlash uchun o‘qituvchilarga qo‘shimcha vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Shunday ekan, hozirgi davr baholash tizimida JB, ONB va YNBlarning hech biri qaysidir jihatdan bir-biridan ustun hisoblanmaydi va UB uchun ta‘siri bir xildir.

Eslatma: agar UB 5 ballik tizimda:
4.46 va undan yuqori bo‘lsa-5 ball.
3.46 va undan yuqori bo‘lsa-4 ball
3 va undan yuqori bo‘lsa- 3 ball
3 dan past bo‘lsa-2 ball bilan baholanadi.

Quyidagi suratda 5 ballik va 100 ballik baholashning o‘zaro muvofiqlik jadvali keltirilgan.
__________________

Как проводится система оценивания?

Текущие 5, Промежуточная 4, Итоговая 3. Каким будет общий бал?

Студенты часто задают похожие вопросы. Кто-то говорит «Текущие 50%», кто-то говорит «Итоговые 75%». А что на самом деле?

Современная оценка производится путем нахождения СРЕДНЕЙ АРИФМЕТИЧЕСКОЙ. Прежде чем разбираться в процессе, необходимо уточнить ряд терминов:

Текущий контроль (ТК) - это среднее арифметическое всех оценок, полученных студентом в классе в течение семестра (семестров). В этом случае все оценки складываются и делятся на количество добавленных чисел.

Промежуточная контроль (ПК) - это промежуточное контрольное оценивание, проводимое кафедрами между семестрами. ПО ОДНОЙ теме проводится только один раз. Следующие предметы нельзя сдать.

Итоговый контроль (ИК) - это оценка итоговых контрольных экзаменов в конце семестра (семестров). ИК проводится только один раз по каждому предмету.

Общая оценка (ОО) - это последняя оценка учащегося по предмету.

Порядок расчета итоговой стоимости:
ОО = (ТК + ИК + ИК) / 3

Если промежуточного экзамена нет:
ОО = (ТК+ ИК) / 2

Оценки самостоятельной работы не влияют на ОО, но служат для учителей дополнительным инструментом определения потенциала ученика во время уроков.

Следовательно, в текущей системе оценки ни один из ТК, ПК и ИК не превосходит друг друга, и эффект для ОО такой же.

Примечание: оценивается по 5-балльной шкале если ОО:
4,46 и выше - 5 баллов.
3,46 и выше - 4 балла
3 и выше - 3 балла
Если меньше 3 - 2 балла.

На следующем рисунке показана таблица корреляции между 5-балльной и 100-балльной системы.

BSMI news
Telegram| Instagram| YouTube
2.0K viewsedited  16:10
Ochish/sharhlash
2021-01-28 19:01:19 UZ/RU:
29-yanvar, Juma, soat 8:30 dan boshlab O‘zbekiston Neyroxirurgiyasining yuzi, O‘zbekiston Neyroxirurgiya Asotsiatsiyasining Prezidenti, tibbiyot fanlari doktori, Professor G‘ayrat Kariyev tomonidan BuxDTI faollar zalida ma‘ruza o‘tiladi.

Ushbu havola orqali G‘ayrat Kariyev bilan o‘tkazilgan batafsil intervyuni rus tilida o‘qishingiz mummkin.

Qiziquvchilarni tadbirga chorlab qolamiz!
_______________________

В пятницу, 29 января, с 8:30 в актовом зале Бухарского государственного медицинского института с лекцией выступит лицо нейрохирургии Узбекистана, президент Ассоциации нейрохирургии Узбекистана, доктор медицинских наук, профессор Гайрат Кариев.

Подробное интервью с Гайратом Кариевым на русском языке вы можете прочитать здесь.

Приглашаем всех на мероприятие!

BSMI news
Telegram| Instagram| YouTube
1.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2021-01-27 22:02:22 UZ/RU:
Qayta topshirishga "tushsa" nima bo‘ladi?

Что произойдет, если "попасть" на пересдачу?

Talabalar yakuniy nazorat imtihoniga uzrsiz sabablarga ko‘ra kirmasalar, oraliq nazoratni topshirmaganliklari uchun kiritilmasalar yoki qoniqarsiz (2 yoki 60 balldan kam) baho bilan baholansalar akademik qarzdor hisoblanadilar.

Akademik qarzdorligi 4 ta va undan yuqori bo‘lgan talabalar kursdan kursga qoldiriladi!

Akademik qarzdor bo‘lgan talabalarga dekanat tomonidan keyingi semestrning 1-oyidan boshlab 1 oy davomida fanlar bo‘yicha qayta topshirishga ruxsat beriladi. Agar talabalar bir oy muddatda qayta topshira olmasalar, maxsus komissiya tuziladi hamda ikkinchi marta qayta topshirish muddati belgilanadi. Ikkinchi marta qayta topshirishda talaba imtihonni ushbu komissiyaga topshiradi. Ikkinchi marta ham qayta topshira olmagan talabalar kursdan kursga qoldiriladi.

Stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyatgan talabalarga semestr bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat‘i nazar stipendiya tayinladi va to‘lanadi.

Stipendiyasiz to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyatgan talabalardan akademik qarzdorligi uchun qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi.

Davlat granti asosida o‘qiyatgan talabalarga akademik qarzdorliklarini to‘liq qayta topshirmaguniga qadar stipendiya tayinlanmaydi va to‘lanmaydi. Akademik qarzdorligini topshirgan oyidan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab stipendiya berila boshlanadi.

Demak, 1 yoki undan ko‘p fandan akademik qarzdor bo‘lgan davlat granti asosida o‘qiyatgan talabalarga 1 oy davomida stipendiya berilmasligi mumkin.

Ammo, talaba 1 oy ichida ham imtihondan yiqilib, ham akademik qarzdorligini qayta topshirishga ulgursa, stipendiyaga ta‘sir bo‘lmaydi. Misol uchun, talaba oyning 1-sanasida imtihondan yiqilsa va 30-sanasiga qadar akademik qarzdorligini qayta topshirsa, stipendiyani odatdagidek olishda davom etadi.

Manba va batafsil ma‘lumot uchun:
1.OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALAR BILIMINI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TIZIMI TO‘GʻRISIDAGI NIZOM.

2."Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori.

BSMI news
Telegram| Instagram| YouTube
2.6K views19:02
Ochish/sharhlash