Get Mystery Box with random crypto!

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2022/2023 o‘quv yilida klin | BSMI news

Buxoro davlat tibbiyot institutida 2022/2023 o‘quv yilida klinik ordinaturaga xujjatlar 2022 yil  22-avgustgacha (shu kuni ham)  onlayn tarzda https://bsmi.uz sayti, klordqabul2022@bsmi.uz  elektron pochta orqali qabul qilinadi.

TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO‘YHATI:

1. Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda BuxDTI rektori nomiga ariza (namuna-ariza)

2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi xujjat (yoki diplomdan ko‘chirma – O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarini grant bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova

3. 086-U-shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma

4. Pasport (fotosurat va propiska muhri bo‘lgan betlar)

5. Qonunchilik xujjatlariga muvofiq o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi xujjat

Klinik ordinatura mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki  bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda tanlangan mutaxasislikka mos fandan og‘zaki imtixon, ikkinchi bosqichda tanlangan mutaxassislik fanidan kirish test sinovlari o‘tkaziladi.

Buxoro davlat tibbiyot institutida mutaxassislik  bo‘yicha kirish imtixonlari 2022 yil 24-31 avgust sanalarida  o‘tkaziladi.
Murojaat uchun «Koll markaz»:
+998973010823
+998907180369
+998907113703

Batafsil bsmi.uz saytida.

BSMI news
Telegram | Instagram | YouTube