Get Mystery Box with random crypto!

#Boʻstonliq_tumani Boʻstonliq tumanida tashqi reklama va eʼlo | Bo'stonliq tumani hokimligi

#Boʻstonliq_tumani

Boʻstonliq tumanida tashqi reklama va eʼlonlar holati oʻrganilmoqda

Boʻstonliq tumani hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, savdo nuqtalari peshlavhalari Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi va “Reklama toʻgʻrisida”gi qonun talablariga muvofiqligi oʻrganildi.

Oʻrganish davomida tadbirkorlik subyektlarga mazkur qonunlarning mazmun mohiyati tushuntirilib, ularga tashqi reklama yozuvlarini davlat tilida yozilishi kerakli haqida tushuntirishlar olib borilib, savdo obyektlarining nomlari, davlat tilida yozilishi boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

Shu oʻrinda tumandoshlarimizga yana bir bor eslatib oʻtamiz, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonun talablariga koʻra, biron reklama yoki eʼlon, koʻrgazmali yozuvlar boʻlsa, oldin davlat tilimizda, yaʼni oʻzbek tilida, keyin boshqa tillarda yozilishi shart.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram