Get Mystery Box with random crypto!

Mohiyat Bir kuni bir kishi ish bilan qo’shnisini uyiga kiribd | BUSINESSGA ILK QADAM

Mohiyat

Bir kuni bir kishi ish bilan qo’shnisini uyiga kiribdi. Qarasa qo’shnisi hovlida bir tovug'ini osmonga otayotganmish. Osmonga otgandan keyin tovuq yerga tushar va qo’shnisi yana tovuqni ushlab, qayta osmonga otarkan. Shunda haligi odam: “Ha qo’shni nimaga tovuqni osmonga otyapsiz” desa, qo’shnisi “Bu tovuq uchishi kerak, shunga osmonga otyapman” - debdi.
Haligi odam qo’shnisiga qarab “Tovuqlar uchmasligini hamma biladiku qo’shni” - desa, “Nega uchmas ekan, men bu tovuqqa “Burgut” deb ism qo’yganman, har kuni uch barobar ko'proq ovqatlantiryapman. U uchishi kerak” debdi…

Xulosa:
Har birimizda Buyuk bir inson yashaydi.
Shuni kashf qilishimiz lozim
.

Mohiyat o’zgarmas ekan, nomni o’zgartirish, resurslarni kuchaytirish befoyda.
Tovuqqa raketa deb nom qo’ysangiz ham osmonda uchmaydi.
Burgutga esa tovuq deb laqab qo’ysangiz ham parvoziga zarracha ziyon yetmaydi.
Biz Burgut ekanligimizni anglashimiz lozim.
Ishni shundan boshlaylik.
Yuksalish: Shaxsiy Rivojlanish kitobidan
https://t.me/Biznesga_ilk_qadam1