Get Mystery Box with random crypto!

Hoziroq bajaring... 1) Bir yillik maqsad va rejalaringizni tu | BUSINESSGA ILK QADAM

Hoziroq bajaring...

1) Bir yillik maqsad va rejalaringizni tuzib chiqing.

2) Tuzgan maqsad va rejalaringizdan kelib chiqqan holda yilga nom bering. (Misol uchun: 2022-yil "Shaxsiy rivojlanish va maqsadlarga erishish")

3) Har bir oy uchun vazifalarni taqsimlang va oylarga nom bering. (Misol uchun: Yanvar - "Pozitiv va kreativ fikrlash")

4) Hafta kunlarini nomlang. (Misol uchun: Dushanba - INTIZOM kuni, va shu kun davomida intizomga amal qiling)

5) Kunlik vazifalaringizni 3 guruhga ajrating:
1.Juda muhim
2.Muhim
3.Muhim emas

Juda muhim vazifalarga har kuni qilishingiz kerak bo'lgan va maqsadlaringizga erishish uchun bosib o'tiladigan yo'lning kichik qadamlaridan iborat bo'ladi.(Misol uchun:25 daqiqa davomida kitob o'qish). (Bunda cheklist va "pomodoro" texnikasidan foydalanishingizni maslahat beraman)

Muhim vazifalarga esa ikkilamchi ishlar kiradi.

Muhim emas vazifalarni esa siz bajarmaysiz, aksincha boshqalarga yuklaysiz

https://t.me/Biznesga_ilk_qadam1