Get Mystery Box with random crypto!

Akamning dardlarin menga ber hayot...                       | 🌱 Бўш Иш ўринлари ( Расмий )

Akamning dardlarin menga ber hayot...

                       Qoʻshiq matni

Yoshlikdan ulgʻaydik oʼynab shoʻx shodon
Kimdir xafa qilsa yonimda xar on
Hayot qiynamagin uni sen yomon
Akamning dardini menga ber hayot
Akamning gʻamlatin menga ber hayot

Oʻzi orzulardan kechib biz uchun
Ishlatmay oʻrnimga ishlardi har kun
Bizni shu kungacha yetqazdi shukr
Akamni dardini menga ber hayot
Akamning gʻamlarin menga ber hayot

Oʻnsakkizga kirmay musofir boʻlgan
Pul topib bizlarga dalda xoʻp bergan
Oʻzi yemay ichmay bizga yedirgan
Akamning dardini menga ber hayot
Akamning gʻamlarin menga ber hayot

Egnimda oq koʻylak qoʻlimda soat
Oliy oʻquv tomon qadam bosyabman
Akam qilgan orzu shundan iboraaaaaat
Akamning dardini menga ber hayot
Akamning gʻamlarin menga ber hayot

Yoshini yashamay xasta qilding sen
Davosiz dardlarga basta qilding sen
Yuzma yuz turibman menga otgin sen
Akamning dardini menga ber hayot
Akamning gʻamlarin menga ber hayot.

Ravshanbek Sobirov

Яқинларингизга ҳам улашинг
@bushish_urinlari