Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (16-iyun, yakshanba) Qo‘y (21.03 — 20. | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (16-iyun, yakshanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun yaqinlaringiz bilan to‘yib suhbatlashish uchun qulay imkoniyat va vaqt yetarli. Asosiysi, bu suhbat rostakamiga totli o‘tishini ta’minlasangiz bas.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Qaysidir do‘stingiz bilan bo‘lar-bo‘lmasga janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Asabni asrang. Uni pulga sotib olib bo‘lmaydi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Moliyaviy muammolar bugun faqat sizning foydangizga hal bo‘ladi. Lekin pul ishlatishda me’yorni biling.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilada saxovatpeshaga aylaning. Afsuslanmaysiz. Miyangizga o‘rlay boshlagan yomon xayollarni o‘z vaqtida haydab solmasangiz, juftingiz bilan janjallashib qolishingiz aniq.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kechqurun yaqin insoningiz uchun ham vaqt ajratsangiz, foydadan holi bo‘lmasdi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Kuningiz xayrli va omadli kechadi. Moddiy ahvolingiz hali tushlikka-da yetmay yaxshilanadi. Bu mukofot puli yoki boshqa bir bajargan ishingiz uchun haq bo‘lib chiqishi ham haqiqatga yaqin.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Agar kun bo‘yi o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, qo‘rqmang. Bu holat – o‘tkinchi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Ayrimlar kunning ikkinchi yarmida o‘zi uchun kiyimlar xarid qilish ilinjida bozor aylanishi mumkin. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitasiz.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Shaxsiy ish bilan boshqa shaharga borish, xorijga safar va xaridlar bugun muvaffaqiyatli kechadi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Boshqalarning manfaatlarini deb shaxsiy rejalaringizni yo‘qqa chiqarmang. Faqat bugungina o‘sha rejalarni amalga oshirishingiz uchun qulay imkoniyatlar bor.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Oilaviy hayotda yetakchilikka intilmang. Yon bering. Tinch bo‘lasiz. Kechqurun kitob o‘qing, qiziqarli film tomosha qiling yoki ko‘chada uzoq vaqt piyoda sayr qiling.

Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun kunning birinchi yarmida oilaviy tashvishlar bor bo‘yingizga o‘zini tashlashi kutilmoqda.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat