Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (15-iyun, shanba) Qo‘y (21.03 — 20.04) | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (15-iyun, shanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Miyangizga o‘rlayotgan yomon xayollarni haydab soling. Ular yaqinlaringiz bilan muloqotda xalal beradi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Kunning ikkinchi yarmida daf’atan plastik kartochkangizga katta pul kelib tushish ehtimoli bor. Ammo yirik xaridlar harakatiga tushmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugun sevimli insoningizga yoqimli sovg‘alar taqdim etish muvaffaqiyatli kechadi. Bu masalada pulni ayamang, keyin xursand bo‘lasiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Bugun atrofdagilarga, hatto notanishlarga ham muloyim munosabatda bo‘lishingiz talab etiladi. Ishxonangizda mukofot puli olishingiz yoki do‘stlardan biri qaysidir yordamingiz uchun ajoyib sovg‘a hadya etishi mumkin.

Arslon (24.07 — 23.08)
Agar tushga qadar barcha ishlaringizni tugatib qo‘ysangiz, keyin shaxsiy masala bilan shug‘ullanishingiz mumkin bo‘ladi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Kamroq asabiylashishga harakat qiling. Optimistga aylaning. Ko‘ngilochar o‘yinlar, plyajda dam olish va do‘stlar bilan uchrashuvlardan voz kechmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Moliyaviy sohada hisob-kitobli bo‘ling. Balans izdan chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Basharti kimnidir bilib-bilmay ranjitgan bo‘lsangiz, bugun birinchi bo‘lib yarashish uchun qadam tashlang.

Chayon (24.10 — 22.11)
Bir paytlar oylab ovora bo‘lib ham ijobiy hal eta olmagan muammoni bir necha daqiqa ichida qoyillatib tashlashingiz bugunga to‘g‘ri keladi. Tuyg‘ularga esa sira erk bermang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Imkon topsangiz, ma’lum vaqt yolg‘izlikda dam oling. Ortiqcha vazndan muammo bo‘lmasa, o‘zingizni yoqtirgan taomlar bilan xursand qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Moddiy ahvolingizni yaxshilashga qaratilgan har qanday tadbir omadli kechadi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Rejalarni amalga oshirishda dadillik bilan faqat olg‘a bosing. Salomatligingizni ham e’tiborsiz qolmang.

Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotda tashabbus ko‘rsatishdan saqlaning. Bu ishni boshqa yaqinlaringiz amalga oshira qolsin. Juftingiz uchun ko‘p ezgu ishlarni qilgansiz. Endi uning gali.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat