Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (8-iyun, shanba) Qo‘y (21.03 — 20.04) | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (8-iyun, shanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Agar yaqinlaringizdan haddan tashqari ko‘p narsa talab qilmasangiz, kuningiz juda fayzli va totli o‘tadi. Ishda sizdan jangovarlik talab qilinadi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimizni yuqori cho‘qqilarni zabt etish amali kutib qoladi. Xarajatlar ko‘paygan bo‘lsa sira o‘ylanmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Nihoyat sokinlik va garmoniya hamrohingiz bo‘ladi. Dam oling, hayotdan zavqlaning.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Emotsional holatingiz balansda emas. Shuning uchun atrofdagilar bilan kamroq bahslashing. Katta janjal kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymang.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun ko‘plab ezgu maqsadlarga yetishasiz. Lekin qalbingizda baribir sokinlik, g‘ashlik holatlari hukm suraveradi. Ularni har qanday yo‘l bilan haydab solishingiz lozim.

Parizod (24.08 — 23.09)
Vujudingizda qaynab turgan energiyani eng muhim amallar uchun sarflang. Ro‘zg‘or yumushlarini ado etishda qalbingizdan qo‘rquv va shubhalarni haydab soling.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshsin, safarga chiqishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, safaringiz o‘ngidan kelsin.

Chayon (24.10 — 22.11)
Tashqarida yoz fasli o‘z hukmini o‘tkaza boshladi. Bu faslda cho‘milish, suzish mashqlarini ado etish juda foydali kechadi. Lekin asosiy ishlarni ham unutib qo‘ymang.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Muhabbat bobida ehtiroslar so‘na boshlaganini his etasiz. Biroq bu yaxshilikka. Ehtiroslarsiz siz va juftingiz orasida yana garmoniya hukm sura boshlaydi.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Moliyaviy muammolar sizni qiynoqqa solmoqchi emas. Faqat kechqurun qarindoshlardan biri yetkazgan xabar kayfiyatingizni buzishi mumkin.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Moliyaviy masalada tasodiflarga ishoning. Vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmang. Mayli, u sizning foydangizga sodir bo‘lmasin.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ishchanlik zarur bo‘ladi. Texnika vositalarini ta’mirlash va janjalli lahzalarni bartaraf etish jarayonida nihoyatda ehtiyot bo‘ling.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat