Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (4-iyun, seshanba) Qo‘y (21.03 — 20.04 | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (4-iyun, seshanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Ish joyingizda astoydil harakat qilib, martaba va lavozimingizni oshirish payida bo‘ling. Oilaviy hayotda esa bardoshli bo‘lishingiz lozim.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Ertalab ish joyingizga keliboq rahbarlarga uchrashishni xohlab qolasiz. Lekin bu ishni qilmang. Hurmatingiz yo‘qolishi mumkin.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Ishxonadagi majburiyatlaringizni birovlar zimmasiga yuklashdan saqlaning. Qolaversa, biling, vazifangizni qancha tez va sifatli ado etsangiz, pulingiz shuncha ko‘p bo‘ladi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Salomatligingiz masalasida muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Shunga qaramay, ovqatlanishda rejimni buzmang, me’yorni biling.

Arslon (24.07 — 23.08)
Uyingizda nimanidir ta’mirlash uchun katta pul kerak bo‘ladi. Buning uchun moddiy ahvolingiz albatta yaxshi bo‘lishi kerak.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugun katmoningiz pulga to‘ladi. Tabiat qo‘ynida dam olib qaytasiz. Dam olish onlarida muammolar haqida o‘ylamang.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Kunning ikkinchi yarmida yo mukofot puli olasiz, yoki qo‘shimcha daromadli ish bajarasiz. Salomatlikni asrang.

Chayon (24.10 — 22.11)
Mehnat ta’tilida yurganlarning dam olish lahzalari bugun a’lo darajada kechadi. Juda bo‘lmasa, oilaviy bayram uyushtiring.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Moddiy ahvolingizni yaxshilashda ishxonangizdagi rahbarlar jon kuydirishi kutilmoqda.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Taqdirning jamiki sinovlariga dosh berish uchun o‘zingizga bo‘lgan ishonch hissi yuqori bo‘lishi lozim. Bu ishni amalga oshirish esa sizning qo‘lingizdan keladi.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Barcha ezgu maqsadlarga aytarli qiyinchiliklarsiz erishasiz. Hazil-mutoyibaga ham erk bering. U-da ishlaringiz o‘ngidan kelishida asosiy rollardan birini o‘ynashi muqarrar.

Baliq (20.02 — 20.03)
Barcha ezgu maqsadlarga aytarli qiyinchiliklarsiz erishasiz. Hazil-mutoyibaga ham erk bering. U-da ishlaringiz o‘ngidan kelishida asosiy rollardan birini o‘ynashi muqarrar.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat