Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (29-may, chorshanba) Qo‘y (21.03 — 20. | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (29-may, chorshanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kuningiz xotirjamlikda o‘tishi kutilmoqda. Ammo ishxonangizda kayfiyatingiz buzilib, uyga shu taxlit qaytsangiz, bu kayfiyat oiladagi yaqinlaringizga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Muhabbatda oila qurmaganlar uchun romantikaning oxiri yo‘q. Siz bo‘lg‘usi juftingiz bilan to‘yguncha suhbatlashish imkoniga egasiz. Foydalanib qoling.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kimlardir yangi ishga qo‘l uradi. Bu ish sizga moddiy manfaatdorlik hadya etadi. Banklardan katta miqdorda kredit olmang. Oxiri yaxshi bo‘lmaydi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oilalilarning shaxsiy hayotida ko‘ngilsizlik yuz berishi mumkin. Bunga juftingiz bilan hadeganda til topisha olmasligingiz sabab bo‘ladi.

Arslon (24.07 — 23.08)
Kun davomida qo‘shimcha daromadli ish taklif qilishsa, albatta rozi bo‘ling. Safarga chiqmang, inqirozga yuz tutasiz.

Parizod (24.08 — 23.09)
Ishxonangizdagi yumushlarni bajarishda faqat oldinga boqing. Yaqin o‘tmishni esga olishdan tiyiling. Pul masalasida bugun omadingiz kelmasligi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Shaxsiy hayotda qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. U sizni aldamaydi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Shaxsiy biznesi borlarning bugun kuni tug‘adi. Daromadingiz mo‘l bo‘ladi. Ishoning.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Agar imkon topsangiz, tabiat qo‘ynida dam oling yoki velosipedda uzoq vaqt sayr qiling.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Oilalilar ishqiy sarguzashtlardan o‘zlarini tiyishlari tavsiya etiladi. Agar vaqtida harakatingizni qilmasangiz, oxiri voy bo‘lishi muqarrar.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Muhim hujjatlarga imzo qo‘yish kerak bo‘lsa, erinmasdan tekshirib ko‘ring. Kechqurun moddiy ahvolingiz yaxshilanish ehtimoli bor.

Baliq (20.02 — 20.03)
Yoshi ulug‘ odamlar bugun qon bosimlarini nazoratda ushlashlari kerak. Ayrimlar bosh og‘rig‘idan bezovta bo‘lishlari mumkin.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat