Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (27-may, dushanba) Qo‘y (21.03 — 20.04 | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (27-may, dushanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlarga nisbatan asabiy munosabatda bo‘lmang, salomatligingizga putur yetishi mumkin.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Moliyaviy ahvolingiz bugun a’lo darajada hal bo‘ladi. Shunday ekan, kimdandir qarz ko‘tarishga shoshilmang.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kechqurun qo‘lingizga mo‘may pul tushishi ham haqiqatdan uzoq emas. Muhabbatda rejasiz ish tutmang, muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kun davomida ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Shuning uchun ishda ham, uyda ham iloji boricha hech kim bilan janjallashmang. Ehtiyot bo‘ling.

Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun kayfiyatingiz bir necha o‘n marotaba o‘zgarishi kutilmoqda. Siz uni nazorat qila bilishingiz kerak. Shunda bu o‘zgarishlar ishingizga ta’sir o‘tkazmaydi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Hayotingizni yaxshi tarafga o‘zgartirishni istasangiz, o‘zingiz yoqtirmaydigan odamlar bilan munosabat yuritmang.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ish joyingizda bugun sizni xizmat safariga jo‘natishlari kutilmoqda. Bu safar sizga moddiy manfaat ham olib keladi.

Chayon (24.10 — 22.11)
Kechqurun salomatlikni asrang, duch kelgan taomni iste’mol qilmang. Uxlashga yotishdan oldin albatta kechki salqinda sayr qiling, toza havo oling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Shaxsiy hayotda juftingizga yon bermasangiz, ish ajrashishgacha borib yetishi hech gap emas. Bu muammoni hal etishda do‘stlar ham yaqindan ko‘mak berishlari ehtimoldan xoli emas.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Ish joyingizda bajariladigan barcha yumushlarni jamoaviy tarzda amalga oshiring.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Qovg‘a burjida tavallud topganlar bugun moddiy yo‘qotishlar, aldanib qolishlarga duch kelishlari kutilmoqda.

Baliq (20.02 — 20.03)
Shaxsiy hayotingiz osuda kechadi. Kechqurun kimdir sizni oilaviy mehmonga taklif etishi mumkin. Salomatligingiz bugun bezovta qilmaydi.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat