Get Mystery Box with random crypto!

Munajjimlar bashorati (18-may, shanba) Qo‘y (21.03 — 20.04) | Burjlar Xarakteri va Mosligi🪐

Munajjimlar bashorati (18-may, shanba)

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Bugun sizga erinchoqlik katta zarar yetkazadi. Faol bo‘ling, ish va yana ish qidiring. O‘z kuchi bilan ezgu maqsadlarga yetganlarga faqat havas qiling.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Go‘sht mahsulotlari va og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’molidan tiyilishingiz kerak. Agar darhol parhez boshlamasangiz, oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Oilasizlar bugun kimnidir sevib qolishi kutiladi. Tabriklaymiz. Bu birinchi muhabbatingiz bo‘lsa, qadriga yeting.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Oila a’zolaringiz boshingizga yangi tashvishlarni ag‘darishlari mumkin. Siz esa saxovatli va mehribonsiz. Muammolarni bo‘yningizga ilib qo‘ya qolasiz.

Arslon (24.07 — 23.08)
Qachonlardir o‘zingiz ko‘ngil bergan insonni bugun ko‘chada uchratib qolishingiz mumkin. Bir ko‘nglingiz hammasini boshidan boshlashni istaydi. Biroq bu fikrdan voz keching.

Parizod (24.08 — 23.09)
Shaxsiy biznesingizga ega bo‘lsangiz, bugun sheriklar bilan munosabatlaringiz yanada yaxshilanish pallasiga kiradi.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Ishsiz qolmaslikdan, boyib ketishdan umidingiz bo‘lsa, darhol qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping.

Chayon (24.10 — 22.11)
Oilaviy hayotda yaqinlaringiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga harakat qiling.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Kunning birinchi yarmida surunkali xastaliklar qo‘zg‘alish xavfi bor. Bu magnit bo‘ronlari natijasida bo‘lishi ham mumkin.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Agar ertalabdayoq go‘zallik saloniga mo‘ralab o‘tsangiz, kechga qadar kayfiyatingiz pozitiv holatda bo‘ladi. Moliyaviy masalada esa yangi daromad manbaini topasiz.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Do‘stlar, hamkasblar orasida sizga ham havas, ham hasad qiluvchilar topiladi. Lekin havotirga tushmang.

Baliq (20.02 — 20.03)
Ko‘ngli qoralardan nariroq bo‘ling. G‘iybatchilar ko‘ziga ko‘rinmay turganingiz ma’qul.

@burjlar_haqida

Sevgi Bashorati Bu Yerda
@Hiyonat