Get Mystery Box with random crypto!

Bu post AYNAN siz uchun! ⠀ Bir necha kun oldin 2023 - yilga o' | Bunyodbek Anvarjonov | Rasmiy blog

Bu post AYNAN siz uchun!

Bir necha kun oldin 2023 - yilga o'zim uchun GOALSET tayyorlagan edim. GOALSET - bu maqsadlar ro'yxati.

Maqsadlar go'yoki dengizchilar uchun yulduzlarga o'xshaydi. Yulduz bo'lmasa qayerga borish kerakligini bilmay qolasiz.

Men odatda oldimga katta maqsadlar qo'ymas edim. Hayotga real qarash tarafdoriman. Ammo maksimal ravishda real qarashlarga ega bo'la turib, ko'pchilik nereal deb o'ylaydigan natijalarga erisha oldim. Ha ha hayot juda ajoyib sarguzasht.

Kirib kelayotgan yangi yilga qo'ygan maqsadlarimga erishamanmi yoki yo'qmi bilmadim, 100% kuchimni ishlatgan holda harakat qilaman!

Kutib oling 2023 - yilga Bunyodning maqsadlari:

Ijtimoiy tarmoqlarda o’zimning kanallarimni rivojlantirishni boshlash.

Bu maqsadimning g'oyasi miyamda ancha yillardan beri aylanib yuradi. Faqat bunga bir o‘zimdagi kuch kamlik qilyotgandi, shuning uchun JAMOA tuzishga harakat qilishni boshlaganman. 2023 - yilda Xudo xohlasa yangi JAMOAM bilan o‘zimiz uchun foydali deb bilgan barcha narsalarni sizlar bilan baham ko‘ramiz. Kontentlar aynan qaysi mavzularda bo'lishini bilmadim-u ammo sizga yoqishini bilaman.

100 000$ .

Buni tushuntirish shart emas menimcha. Yil oxirigacha 100 ming dollar sof foyda.

Eslab qolish bo'yicha chempionatga qatnashib chempion bo‘lish.

Bu yil O'zbekiston tarixidagi ilk eslab qolish chempionati bo'lib o'tdi. Bunisida ma'lum sabablarga ko‘ra qatnasha olmadim. Keyingisi men uchun unutilmas chempionat bo‘lishi uchun qo‘limdan kelgancha bor kuchim bilan harakat qilaman.

Prezident stipendiyasi sovrindori bo‘lish.

Bu maqsadga erishish qiyin bo‘lishi tabiiy lekin men maqsadimga erishish uchun harakat qilaman. Sababi o‘tgan yili V.I.Romanovskiy nomidagi Matematik institutiga tayanch doktorantura(PhD)ga imtihon topshirdim va o‘zim kutmagan natijaga erishdim: umumhisobda 44 ta talabgorlar ichida 1-o‘rinni egallab PhDga qabul qilindim.Demak ilojsiz narsani o‘zi yo‘q (O‘limdan boshqa)...

You tube platformasi uchun zo‘r loyihalarim bor: Xudo xohlasa bularni ham boshlab rivojlantirishga harakat qilamiz.

Bu loyihalarni boshlay olmayotganimga sabab yana shu Jamoa muammosi... Xudo xohlasa bu muammoni hal qilib xalqaro miqyosdagi kanal darajasiga olib chiqamiz.


Ingliz tili va rus tilida kitoblarni bemalol o‘qib tushunish.

Bu maqsadga erishish uchun ingliz va rus tilini hozirgi bilim darajamdan ko‘ra kuchaytirishim kerak.

1C va Phyton dasturlarini o‘rganish.

Bu dasturlarni o‘rganish orqali o‘ylab qo‘ygan proektlarimni amalga oshiraman. Phyton dasturi esa ilmiy ishimni natijalariga anchagina oson va tez erishishishga yordam beradi.

2023 - yilga maqsadlarim shular. Ko'p emas ammo men uchun muhim. Albatta ayrim shaxsiy maqsadlarimni bu yerga yozganim yo'q. Yuqoridagi maqsadlarimga erishish jarayonimni yil oxirigacha sizlar uchun yoritib boraman.

Yana bitta ikkita biznesga tegishli maqsadlarimni yozmadim.

Hammaga rahmat! Kirib kelayotgan yangi yil bilan hammangizni tabriklayman. Izohlarda o'z maqsadlaringizni yozib qoldiring.

Ha aytgancha bu postni biror foydali ishni bajarishni boshlash uchun Yil Boshi (ya'ni 1 yanvar)ni, Oy boshini yoki Dushanbani kutadigan tanishlarizga ham jo‘natib qo‘yavering chunki ertaga 1 yanvar agar boshlashga ulgurmasa keyingi kun Dushanba

Salomat bo‘ling!!!

@Bunyodbek_Anvarjonov