Get Mystery Box with random crypto!

“Maroqand neft bazasi” MChJga qarashli Bulung‘ur filialida tal | BULUNG‘URLIKLAR™ 🇺🇿

“Maroqand neft bazasi” MChJga qarashli Bulung‘ur filialida talon-tarojlik holati aniqlangan

Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi M.Abdullaevning topshirig‘iga ko‘ra, “Maroqand neft bazasi” MChJga qarashli Bulung‘ur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizatsiyasi o‘tkazilgan.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlangan.

Buning natijasida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra jami 21 494,7 mln. so‘mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlanganligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda.

𝘽𝙐𝙇𝙐𝙉𝙂𝙐𝙍𝙇𝙄𝙆𝙇𝘼𝙍

https://t.me/joinchat/AAAAAFBDAWkEskRqmmMXCA