Get Mystery Box with random crypto!

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida o‘g‘il va qiz fa | BUKUN Yangiliklar

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida o‘g‘il va qiz farzandini sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi.
 
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol shu yilning 3-fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
 
Ikkinchi holat Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol tomonidan sodir qilingan. Qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11500 dollarni olgan vaqtida DXX va IIO xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amalda.uz Telegram kanali