Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir faxrli talabamiz bilan tanishing Osiyo Xalqaro Uni | Bukhara TV | Бухоро

Yana bir faxrli talabamiz bilan tanishing

Osiyo Xalqaro Universiteti iqtisodiyot yoʻnalishi 1-bosqich magistratura talabasi Raximova Shaxnoza Xamzayevna MDH davlatlari o‘rtasida tashkil etilgan, Xalqaro ilmiy amaliy ko‘rik tanlovida "Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi" maqolalar tanlovida faol ishtirok etib, "Faol tadqiqotchi" koʻkrak nishoni, maxsus shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma, tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Talaba-yoshlarni rag'batlantirish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga ko'maklashuvchi mazkur tanlov ularning ilmiy faoliyatga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Iqtidorli talabamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook