Get Mystery Box with random crypto!

Osiyo Xalqaro Universitetida «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi | BUKHARA INFO

Osiyo Xalqaro Universitetida «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi

Bugun universitetimizda Buxoro viloyati tarixidagi eng katta, «Karyera-2024» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Oldin xabar berganimizdek yarmarkada Buxoro viloyatidagi 30 dan ziyod nufuzli tashkilot va korxonalar ishtirok etib, ular bilan bir nechta hamkorlik memorandumlari tuzildi.

Yarmarkada talabalar bank, moliya, turizm, ishlab chiqarish, sanoat, pedagogika, neft-gaz, sport, ekologiya, xizmat ko'rsatish, IT, sog'liqni saqlash sohalari bo'yicha bo'sh ish o'rinlari va ishga joylashish shartlari to'g'risida kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Shuningdek yirik yarmarka davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib korxona va tashkilotlar tomonidan kerakli javoblarni qabul qilib olishdi. Tashkil etilgan yarmarka talabalar uchun har tomonlama foydali va manfaatli tarzda bo'lib o'tdi.

www.oxu.uz

Telegram | Instagram | Facebook