Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli hamshaharlar! Buxoro shahrining I.Karimov ko’chasi h | Bukhara Info!

Hurmatli hamshaharlar!

Buxoro shahrining I.Karimov ko’chasi hududidagi fotosuratda ko’rsatilgan daraxtlar tabiiy omillar tufayli quriganligi hamda kasallanganligi inobatga olinib, ushbu qurigan daraxtlar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan kesilishini ma’lum qilamiz.

Eslatib o’tamiz, Ushbu qurigan va kasallangan daraxtlarga Buxoro viloyat O’simlikar karantini davlat inspeksiyasi karantin chora tadbirlarini bajarilishi to’g’risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Hozirgi kunda shahar hududidagi qurigan-kasallangan daraxtlar(shoxalar, tanalari va. b)ni tegishli tashkilot tomonidan kesish ishlari amalga oshirilib, xech qanday noqonuniy daraxtlarning kesilish holatlari mavjud emasligini bildiramiz!

Tabiat resurslari vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi matbuot xizmati.

@Bukharainfo