Get Mystery Box with random crypto!

Loik Rajabov UFC'dagi ikkinchi jangini tajribali raqibga qarsh | BUJANG | MMA | UZ | BOKS | Live | UFC

Loik Rajabov UFC'dagi ikkinchi jangini tajribali raqibga qarshi o'tkazadi
Loik Rajabovning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Engil vazn toifasida tojikistonlik UFC jangchisi Loik Rajabov (17-4-1) ligadagi ikkinchi jangini 25 iyun kuni Jeksonvilda (AQSH) tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida o'tkazadi.

Malum bo'lishicha, tojikistonlik "Yaguar panjasi"ga o'sha kuni polshalik Mateush Rebecki (17-1) raqibliq qiladi.

Qayd etish joiz, har ikki sportchi UFC'da hozircha bittadan jang o'tkazgan va g'alaba qozongan.

Eslatib o'tamiz, 25 iyun kuni bo'lib o'tadigan UFC Fight Night turnirining markaziy jangi Josh Emmet va Iliya Topuriya o'rtasida kechadi.