Get Mystery Box with random crypto!

- “Qiz bola o‘qib shaxar oberaaarmidi?” - ”O‘qishiga pul ketk | • Buholicha •

- “Qiz bola o‘qib shaxar oberaaarmidi?”
- ”O‘qishiga pul ketkazib nima zaril?! Undan ko‘ra sarpa-surug‘ini qilib uzatvorilar!”

- “Tavbaaa, chet elga o‘qishga ketarmish. Xudo bo‘ladi chet elda qanaqa bo‘lib ketarkin”

- “Qiz bola ja aqlli bo‘p ketishi kerakmas!”.

- “O‘qigan qizni kim olardi?”

Shu kabi axmoqona stereotiplar bizda ko‘plab uchrab turadi. Sa’viyani o‘stirish kerak! 21- asr ahir?!

TANISHING!

Bu qiz Mushtariy Sharifova. 1993 yil Navoiy viloyatida, oddiy oilada tug‘ilgan.
Maktab vaqtlari oddiy sumka tutib borganiga, uni xatto sinfdoshlari o‘z davralariga qo‘shishmagan. Onasini o‘lchami katta etigini kiyib, darslariga borgan… Bulling qilinganiga shubham yo‘q. Bizda kiymiga qarab baho berilishi bor gap.

Ota-onasi bir amallab bo‘lsa ham, qizimiz o‘qisin deb, repetitorlikka pul to‘lab o‘qitishgan. Birinchi yil o‘qishdan yiqilganida, “endi senga boshqa shans berilmaydi” deyishmagan, aksincha dalda bo‘lishgan.
Ikkinchi yil Toshkentdagi Singapur institutiga kontraktga o‘qishga kirganida, tanish bilishlar ota-onasiga “qizingni o‘qishiga shuncha pul ketkazgandan ko‘ra, to‘y qilib uzatib yuboringlar!” deyishgan.
Chet elga o‘qishga topshirib o‘tganda, “Chet elda qiz bola nima qiladi? Pishirib qo‘yibdimi?” degichlar ham bo‘lgan. Ota-ona ishonib uni o‘qishga qo‘yib yuborgan.

Germaniyada ko‘p qiyinchiliklar, ham o‘qib, ham ishlab, kamiga kontrakt pulini to‘lash, 3-4 soat uxlab yana o‘qish ish deb, yaxshi ish uchun ketma ket suhbatlar, rad javoblar… keyin adidas, SAP va xozirda TESLA kompaniyasida ishlab, mana chiroyli baxtlarini ham topibdilar, TESLA kompaniyasida ishlaydigan o‘zbek yigitiga turmushga chiqib, xozirda bahtli oila bo‘lib yashashmoqda.

Agar boshidan “odamlar nima deydi?” deb yashaganlarida, aminmanki bunday muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardilar. Ularni o‘qitishga astoydil xarakat qilgan otalarini Alloh rahmat qilib, qolganlarni salomat qilsin! O‘zlari esa eng baxtli inson bo‘lsinlar!

Siz-chi? Siz qizlaringizni ilm olishlariga pul sarflarmidingiz yoki latta-putta, idish-tovoq, tilla-taqinchoqlargami?

Odamlarni gapimi yoki ilm?
Qay birini tanlardingiz yeki tanladingiz?

Mushtariy xaqida to‘liqroq “O‘zbekistonlik 2” filmida tomosha qilishingiz mumkin



Uzbekistan’s club shunday gavharlarni biz uchun kashf qilayotganliklari katta ish! Faqat olg‘a!