Get Mystery Box with random crypto!

Tarixda bugun 06.07.2022 1885-yilning 6-iyuli kuni fransuz ol | Mahliyo Shavkatovna

Tarixda bugun 06.07.2022

1885-yilning 6-iyuli kuni fransuz olimi mikrobiolog Lui Paster quturishga qarshi emlashni kashf qildi. Mazkur em dori it, bo’ri tishlagan odamlarda qutirishga qarshi vosita sifatida birinchi marotaba qo’llanildi.

1917-yilning 6-iyuli kuni arabistonlik Lawrence, arab isyonkorlari bilan birgalikda Akaba shahriga hujum qildi.

1942-yilning 6-iyuli kuni ittifoq kuchlari nemislarni Misrning Alamayn shahrida to’xtatdi. Britaniya askarlari Marokko va Jazoirga kiribb bordi. Germaniya Shimoliy Afrikadan chiqa boshladi.

1971-yilning 6-iyuli kuni amerikalik jazz musiqachisi Lois Armstrong vafot etdi.

1982-yilning 6-iyuli kuni sobiq bosh vazirlardan Bulent Ejevit, bayonotlari yuzasidan 2 oy 27 kunga qamoq jazosiga mahkum qilindi.

1988-yilning 6-iyuli kuni Shimoliy dengizdagi neft qidirish platformalaridan birida portlash yuz berdi va oqibatida 167 kishi jon berdi.