Get Mystery Box with random crypto!

​​Assalomu alaykum! deb postni boshlasam Issiq kunlarda issiq | Bugun-

​​Assalomu alaykum! deb postni boshlasam
Issiq kunlarda issiqqina choylarni damlab kitoblarni o'qib tashlayapsizlarmi?
Bu postning mavzusi nima haqidaligini yozib bo'lgandan keyin qo'ysak, maqsadga muvofiq bo'lur.
Sizlarga shuni mamnuniyat bilan e'lon qilamanki, o'ta rasmiylashib ketdik, mayli orqaga qaytamiz nima deyayotgan edim?
Ha, jiddiy post yozmoqchi edim, esimdan chiqmasin!

Bilasizmi, hayot sizga kutmagan paytingizda, kutilmagan sovg'alarni tuhfa etadi. Ba'zida afsus uni ushlab qololmadim, deysiz, ammo undan chiroyli taqdir sizni kutayotgan bo'ladi. Go'zal baxt nafaqat chiroyli sabrning, balki, ozgina mashaqqatning ortidan keladi. Mana shunaqa kunlarda kulib turgan inson hech narsa yo'qotmaydi. Ba'zi narsalarni unuta boshlaganingizdan keyin hayotingiz yengillashib boraveradi. Bu bilan nima demoqchiman, hamma narsaning oxiri borligini unutmasligimiz kerak. Siz hamisha shunday tushkun ahvolda qolib ketmaysiz, qachondir sizni baxtli qiladigan biri keladi, ungacha tabassumdan ayamay ishlataverish kerak.
Xullas, baxt tilayman, barchangizga.

Baxtli bo'ling, baxtlarim