Get Mystery Box with random crypto!

Bu Dalil | Расмий хабарлар

Telegram kanalining logotibi budalil — Bu Dalil | Расмий хабарлар B
Telegram kanalining logotibi budalil — Bu Dalil | Расмий хабарлар
Kanal manzili: @budalil
Toifalar: Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.54K
Kanalning ta’rifi

Bubalil расмий канали
Алоқа учун: @Budalilgaxatbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-09-29 10:35:21
#Bilasizmi
Odamzod shunday yaratilganki, unga kimdir jilmayib boqsa, u ham albatta jilmayish bilan javob qaytaradi. Bu fanda emotsional empatiya deb ataladi.

P.S: Bizda esa kuydirgan kalla deyishadi.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
377 views07:35
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:01:24
#Bilasizmi
Ignaning ko‘zichalik teshikdan sutkasiga 840 litr suv oqishi mumkin – Hojatxona qog‘ozi 1857 – yil kashf qilingan.

P.S: Tajribamdan ma’lum, Parfumeriya sohasida Atir dilleridan xojatxona qog’ozi dillerini obro’si balandroq.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
373 views07:01
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:30:48
#Bilasizmi
Qurbaqa umri davomida uch tonna chivini yeb bitiradi.

P.S: Yozda qurbaqa boqish kerak ekanda.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
385 views06:30
Ochish/sharhlash
2022-09-29 09:02:12
#Bilasizmi
Urg‘ochi sher sutkasiga 20 soat uxlaydi. Qolgan vaqtida esa ov qiladi va ovqat yeydi.

P.S: Bizning o’zbek ayollari sher emas bu aniq.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
398 views06:02
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:30:58
#Bilasizmi
Taniqli aktyor Charli Chaplin o‘z qiyofadoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egallagan.

P.S: Bu yerda korrupsiya bo’lmagan deb kim ayta oladi?

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
414 views05:30
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:01:45
#Bilasizmi
AQShning Arizona shtatida kaktusni yerdan sug‘urib olganlar 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. Tuya ovlagan esa katta miqdorda jarimaga tortiladi.

P.S: Bitta gulni deb 25 yilga qamalishni hohlamasangiz “qisib” ishlab yuringlar vatandoshlar.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
422 views05:01
Ochish/sharhlash
2022-09-29 07:30:40
#Bilasizmi
100 gramm asal yig‘ish uchun asalari 46 ming km masofani uchib o‘tadi. Bu butun yer sharini ekvator bo‘ylab kezib chiqishdir.

P.S: Uni sotish uchun esa nechta odamga bu toza asal yo’l kiramga pulim qolmadi shunga arzon bermoqchiman deb chiqish kerak-a?

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
474 views04:30
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:30:31
#Bilasizmi
Keti va Emi Jons-Elliot 87 kun farq bilan tug'ilgan egizaklardir. 2012 yilda ularning homilador onasi – Mariyani muddatidan 4 oy avval to’lg’oq tuta boshladi va u Emini tug'adi, ammo Keti yana 3 oy ona qornida qolishga muvaffaq bo'ladi.

P.S: Chala ishi qolib ketgan yoki Ketini “srochniy” ishi chiqib qolgan ekanda.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
404 views13:30
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:02:03
#Bilasizmi
Inson DNK si shimpanzeniki bilan 96% ga o’xshashligi hech kimga sir emas, bundan hech kim hayratga tushmaydi ham. Biroq yana bir aql bovar qilmas fakt bor: biz banan DNK si bilan 60% ga o’xshar ekanmiz.

P.S: Ateistlar: Biz ozroq banandan tarqaganmiz yoki banan bizdan tarqagan.

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
414 views13:02
Ochish/sharhlash
2022-09-28 15:31:00
#Bilasizmi
Arxitektura professori o'quv vositasini yaratishni xohladi va u Rubik kubini yaratishda muvaffaq bo'ldi. 2018 yil iyun holatiga ko'ra, uni yig’ish bo'yicha jahon rekordi 4,22 sekundni tashkil etadi, ammo uni yig'ish uchun muallifning o'zi bir oydan ko'proq vaqt sarflagan. Shunday qilib, agar siz Rubik kubini to'plashingiz uchun ko’p vaqt kerak bo'layotgan bo’lsa, tushkunlikka tushmang! 

P.S: Men uch kunda yig’ganman demak shunda muallifdan ancha aqqli ekanmanda?

Siz bilgan va bilmagan faktlarni biz bilan o’rganing: @budalil
366 views12:31
Ochish/sharhlash