Get Mystery Box with random crypto!

Koʻkdaladagi futbol musobaqasida janjal koʻtarganlar 15 sutkag | Bu yana nimasi

Koʻkdaladagi futbol musobaqasida janjal koʻtarganlar 15 sutkaga qamaldi

Maʼlum qilinishicha, 13 avgust kuni Koʻkdala tumani Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi oʻyingohida tuman hokimi kubogi uchun «Koʻkdala» va «Soʻliq» mahallalari oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazilgan.

Oʻyin davomida tumanning «Qushali» MFYda yashovchi yon hakamning «Soʻliq» mahallasi darvozasiga «Koʻkdala» mahallasi futbolchisi tepgan topni gol deb hisoblashi natijasida tortishuv kelib chiqqan. Oqibatda stadionda janjal yuzaga kelgan.

Shaxslarga nisbatan toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudiga yuborilgan.

Holat sayyor sud tartibida koʻrib chiqilib, «Koʻkdala» MFY futbolchilarining ikki nafariga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 15 sutka, yon hakamga esa BHMning 5 barobari (1,5 million soʻm) miqdorida jarima jazosi belgilangan.