Get Mystery Box with random crypto!

'Osmono'par' filmida shunday gap bor '90% muammolar 'perezagru | Bu yana nimasi

"Osmono'par" filmida shunday gap bor "90% muammolar 'perezagruzka' (o'chirib-yoqish) orqali hal bo'ladi". Film oxiridagi muammoni ham shunchaki tizimni qayta ishga tushirish bilan hal qilishadi.

Har qanday texnikada nosozlik ko'rsangiz birinchi navbatda uni o'chirib yoqing.

Biz ham har kuni o'zimizni "perezagruzka" qilamiz ya'ni uxlab turamiz. Lekin nega kechagi kun bilan yashaymiz? Bo'ldi, siz yangilandingiz, bugun bilan yashang. Agar kechagi kun yoki o'tmish bilan yashasangiz sizga qayta-qayta "perezagruzka" berish kerak. Bir kunda 3-4 marta kim uxlaydi? Shunday ekan, kechani ham, ertani ham o'ylamang. Bugun bilan yashang, o'zingizni "yangilang" va yashashda davom eting.

Ko'proq yozishim mumkin edi. Menimcha nima demoqchiligimni tushundingiz.

Aytgancha kino ham ko'rib turing.

@Jahongir_Abdullayev_blog