Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishi haj qildi. Haj amallari tugagach, yurtiga qaytish ol | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

Bir kishi haj qildi. Haj amallari tugagach, yurtiga qaytish oldidan Ka'baning eshigi oldiga kelib , "Allohga hamd bo'lsin, U Zotning biz biladigan va bilmaydigan barcha maqtaladigan sifatlari bilan U Zotga hamd bo'lsin. Alloh taoloning bizlarga ato qilgan , biz bilgan va biz bilmaydigan barcha ne'matlari uchun hamd bo'lsin" ,– dedi va yurtiga qaytib ketdi.
O'sha kishi keyingi marta yana haj qilganida ketish oldidan yana Ka'baning oldiga borib, oldin aytgan gaplarini aytdi. Shunda u kishiga bir nido keldi: "Sen amallarni yozuvchi farishtalarni charchatib yubording. Ular oldingi hajda aytganlaringga beriladigan ajru savobni hali yozib tugatishmagan edi".