Get Mystery Box with random crypto!

Ikki karra ikki to'rtmi yoki besh? Hayotda shunday insonlar h | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

Ikki karra ikki to'rtmi yoki besh?

Hayotda shunday insonlar ham bor ekanki, ularga "Onang afzalmi, yoki ayolingmi?" deb savol bersangiz, boshlarini qashlashga tushadilar. Ular huddi, ikki karra ikki nechchi, deb so‘ralganda, to‘rtmi yoki besh, deb hisoblashga tushadigan "odam"larga o‘xshaydi.

Axir unutdingizmi, yoshligingizda maktab derazasini sindirib qo‘yganingizda, onangiz ota-onalar majlisida barchaning oldida qizarib, sizning ustingizdan tushgan shikoyatlarning barchasini jimgina tinglaganini?!

Qadrdonim, esingizdami, yoshligingizda juda sho‘x edingiz. Mahalladagi xotinlar har kuni ustingizdan onangizga shikoyat qilishardi: "O‘g‘lingiz bolamni tinch qo‘ymaydi", "Bolangizga tarbiya bersangiz bo‘lmaydimi?", "O‘g‘lingizning dastidan tinchlik bormi?" deb aytishganda ham, tabassum bilan boshingizdan silab, "Sen baribir yaxshisan, bolam", der edi.

Endi esa ulg‘ayib qoldingiz, ovqatni chap qo‘lda yeb bo‘lmasligini endi o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Sanog‘ida adashib ham ketadigan darajada ko'p "do‘stlaringiz" bor. Endi onangizning sizga keragi ham yo‘q. Aytgancha, yana dunyolarga alishmay sevadigan ayolingiz ham bor.

Meni hali ham esimda, yoshligimda hatto mahalladagi do‘stlarim ismimni chala aytib chaqirishganda ham onam ularga bolamning ismi unday emas, bunday deb aytib kelgan edi.

Qadrdonim, nahotki yoshligingizdan siz bilan birga har qanday qiyinchiliklarga chidab, doim yoningizda bo‘lgan onangizni, qiyinchilik nimaligini bilmay, u kunlarni bir lag'zasini ham siz bilan yashab ko‘rmagan xotiningizdan ko‘proq yaxshi ko‘rmaysiz?!


Doim yodingizda saqlang, 2×2=4

Aʙᴅᴜʟʟᴀʏᴇᴠ | Bʟᴏɢ