Get Mystery Box with random crypto!

#MULOHAZA ONA OLDIDAGI MAJBURIYATLARIMIZ 1. Hadyani avv | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

#MULOHAZA

ONA OLDIDAGI MAJBURIYATLARIMIZ

1. Hadyani avval onaga soʻng otaga berilishi zarur.

2. Hayot boʻlsalar ham, vafot etgan boʻlsalar ham ularning haqlariga doimo duoda boʻlmoq zarur.

3. Onalarning yuzlariga tushgan ajinlar, qoʻllarining qadoqlari – sen va aka-ukalaring, opa-singillaring sababli ekanligini unutma!

4. Senga bergan oq suti lutfu – xursandlik bilandir, ammo sening unga bergan taoming ba’zida minnatli va ozorlidir. Shuning uchun bergan har-bir luqmang lutfli boʻlishi uchun kamtarin boʻl!

5. Unga sen har kuni koʻrinish ber, chunki uning seni koʻrishi sening unga minglagan xum tillolar tuhfa qilganingdan ortiqroqdir.

6. Tirikligida bor imkoniyating ila unga tavoze’li va shirin soʻzli boʻl, qachonki agar uni yoʻqotsang armondan xoli boʻlasan.

7. Hayit kunlari bagʻringa bosib, uni quchgin! U seni har kuni quchib, hidlaringdan toʻyib-toʻyib zavq olganini esingdan chiqarmagin!