Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Meksika ko'rfazining Italiya o'lchamidagi qismini sotadi | Бу АмерикаУЗ®

AQSh Meksika ko'rfazining Italiya o'lchamidagi qismini sotadi - The Guardian

Bayden ma'muriyati Meksika ko'rfazining 30 million gektar maydonini kimoshdi savdosiga qo'ydi.

Tenderda qatnashgan neft va gaz kompaniyalari hududda neft qazib olish huquqini qo'lga kiritadi.

AQSh hukumati ma'lumotlariga ko'ra, keyingi 50 yil ichida sotilayotgan maydondan 1 milliard barreldan ortiq neft va 4,4 million kub fut gaz ishlab chiqarish mumkin.

Ushbu sotish qarori eng yirik texnogen ofatlardan biri – Luiziana qirg‘oqlaridan 80 km uzoqlikda sodir bo‘lgan Deepwater Horizon platformasidagi portlashning 13 yilligiga bir oydan kamroq vaqt qolganida qabul qilingan.

@Bu_AmerikaUZ