Get Mystery Box with random crypto!

Bilasizmi shu tobda ko'zimdan uyqu qochdi. Bolaligimdagi bir v | 🇰🇷𝙺-𝚙𝚘𝚙 𝚠𝚘𝚛𝚕𝚍🇰🇷𝚃𝚛𝚊𝚟𝚎𝚕 𝚝𝚘 𝙺𝚘𝚛𝚎𝚊🇰🇷

Bilasizmi shu tobda ko'zimdan uyqu qochdi. Bolaligimdagi bir voqea esimga tushib qoldi.

Bolalimda ukam bilan birga o'ynar edik. Dadam harbiy bo'lganligi uchun turli joylarga ko'chib yurardik. Va tabiiyki, bizda o'rtoqlar kam bo'lar edi. Shuning uchun ham ukam ikkimiz bir-birimizga ham do'st, ham sirdosh edik. Qashqadaryoda yashayotganimizda men endigina 2 sinfda o'qir edim. Ukam esa hali juda kichkina edi. Bir kuni ota-onamiz qayergadir ketishdi (aniq qayerligi esimda yo'q). Ukam bilan "qaroqchi" o'yinini o'ynayotgan edik. Men bir kiyimni aylantirayotganimda ukamning boshiga tegib, salgina yorilib qolgan . O'shanda ukam sizni "dadamga aytaman" deb rossa qo'rqitgandi. Aslida, dadam bizni urmasdi yoki so'kmasdi ham. Shunchaki tanbeh berar edi. Lekin bola qalbim bilan qilgan ishimdan qo'rqib ukamni dadamga aytib bermaslikka ko'ndirishga uringanman. Ukam esa yeg'lab-yeg'lab uhlab qolgandi. Ota-onam ishdan kelganlarida ukamning boshini ko'rib undan nima bo'lganini so'rashgan. Men ukam hamma gapni aytib beradi deb o'ylagandim.
Lekin...
U mittigina va pok qalbi bilan opasini aybini yashirgan. Ota-onamizga "yiqilib tushdim" degan edi. Bolaligimda qitmir qiz bo'lganim uchun onam bu ishda mening qo'lim borligini sezgandi va ukamdan rostini aytishini rosa qistagandi. Lekin, ukam "yo'q o'zim yiqilib tushdim" deb mening aybimni yashirgandi.
Men haligacha bu voqeani eslab yuraman. O'zi kichkinagina bola bo'la turib, opasini himoya qilishi kerakligini erta anglagan mard ukam borligi uchun Allohga hamdlar aytaman!


Yaqin kunlarda o'sha mard bolakay imtihon topshiradi. Sizdan bir iltimos qadrdonlarim opasini aybini yashirib, uni himoya qilgan o'sha mitti bolakay talaba bo'lib olishi uchun duo qilib qo'ying!

┌─────────⇝ ·  ·  ·  · ♡
░┊#𝐏𝐚𝐫𝐤_𝐃𝐢𝐧𝐚 ☆○•°
♡ ㅤ    ❍ㅤ      ⎙       ⌲
ˡᶦᵏᵉ  ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ    ˢᵃᵛᵉ    ˢʰᵃʳᵉ