Get Mystery Box with random crypto!

BTalk | Biznes olami

Telegram kanalining logotibi btalkuz — BTalk | Biznes olami B
Telegram kanalining logotibi btalkuz — BTalk | Biznes olami
Kanal manzili: @btalkuz
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42
Kanalning ta’rifi

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
Savol va takliflar bo'yicha murojaat:
@BTalkUzbot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-11-23 15:18:07 #Biznes #Iqtibos

Hech kim ularni bunday eslamaydi:

Walt Disney – Matbuotdan tasavvurga va orginal g'oyalarga ega emas deya haydalgan.

Albert Einstein – 4 yoshigacha gapirolmagan, shifokor nuqsonli deb tashxis qo'ygan.

Abraham Lincoln – rafiqasi vafot etgan, biznesda singan, 8ta saylovda mag'lub bo'lgan.

Thomas Edison – o'qituvchisi tomonidan hech narsa o'rgana olmaydigan eng ahmoq bola deya ta'riflangan.

J.K Rawling – Ajrashgan, depresiyaga tushgan, yo'lgiz ona va yozgan kitoblari o'nlab matbuotlar tomonidan rad etilgan.

Ularni bunday eslanadi:

Walt Disney – eng katta media kompaniya asoschisi

Albert Einstein – Nisbiylik nazariyasi asoschisi, Nobel mukofoti sovrindori.

Abraham Lincoln – AQSH ning 16-prezidenti.

Thomas Edison – Cho'lg'amali lampa ixtirochisi.

J.K Rawling – Milliarder yozuvchi, Harry Potter kitoblari muallifi.

Qat'iyat va ishonch - muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o'rtasidagi farqdir.

Do'stlaringizga ulashishni unutmang!

Siz yana kimlarni shunday insonlar qatoriga qo'shasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
226 views12:18
Ochish/sharhlash
2021-11-23 13:11:31
#Biznes #Qiziqarli #Fakt

ebay kompaniyasi haqida.

Haqiqiy nomi "Echo Bay" bo'lib, Echo Bay Technology Groupning bir qismi bo'lgan mashhur auksion web–sayt hisoblanadi. EchoBay.com sayt domeni Echo Bay mining kompaniyasi tomonidan ro'yxatdan o'tkazilganligi uchun kompaniya nomi ebay ga o'zgartiriladi va ebay.com domenini oladi.

Do'stlaringizga ulashishni unutmang!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
197 views10:11
Ochish/sharhlash
2021-11-22 17:36:52
#Biznes #Tavsiya

Ushbu video hayotni 27 soniyada tushunish deb nomlangan. Biznesda ham xuddi shundaydir.

Agar siz o'z sohangizda yursangiz demak siz bir joyda turibsiz.

Agar siz harakatsiz tursangiz, demak siz orqaga qarab ketyabsiz.

Oldinga harakatlanish uchun esa siz yugurishingiz kerak.

Do'stlaringizga ulashishni unutmang!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
203 views14:36
Ochish/sharhlash
2021-11-22 15:30:47
#Biznes #Savol

Sundar Pichai - Alphabet(Google) kompaniyasi CEO si

Satya Narayana Nadella – Microsoft kompaniyasi CEO si

Shantanu Narayen – Adobe kompaniyasi CEO si

Ko'rib turganingizdek, ushbu kompaniyalarning CEO lari hindlardir.

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
185 viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2021-11-22 12:43:23
#Biznes #Savol

Adobe, Google va Microsoft. Ushbu dunyoga mashhur kompaniyalarning bir ajoyib o'xshashlik jihati bor. Bu nima deb o'ylaysiz?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
183 views09:43
Ochish/sharhlash
2021-11-22 11:13:29 #Biznes #Info

Jeff Bezosga fikriga ko'ra Amazon muvaffaqiyatining 4 kaliti

Elektron savdo giganti qanday ulkan muvaffaqiyatga erishganini, uning asoschisi 4 narsa bilan izohlaydi:

1. Raqobat emas Xaridor – Eng birinchi va eng muhim faktor bu ko'proq raqobatga emas, aksincha xaridorlarga e'tiborni qaratish. Jeff Bezos fikricha, raqobatga qaratilgan biznes kimnidir nimadir qilishini kutadi, xaridorga qaratilgan biznes esa birinchi bo'lishga intiladi.

2. Innovatsiyaga bo'lgan ishtiyoq – boshqalardan sizni ajratib turuvchi yagona narsa bu innovatsiyadir. Muommoni aniqlash va unga yangidan yangi yechimlar topish biznesning asosini tashkil qiladi.

3. Uzoqni ko'zlash – Ko'p biznesmenlar kompaniyasi rivojlanib ulgurishidan oldin taslim bo'ladi. Aslida esa yaxshi bir g'oyani yuksak darajaga olib chiqish uchun kamida 5-7 yil kerak bo'ladi.

4. Tizimlashtirish – So'ngi lekin yana bir eng muhim faktor bu boshqaruv. Standardlarni yuqori qo'yish, har qanday muommoni o'z vaqtida hal etish biznesingiz muvaffaqiyatini hal etadi. Tizimlashtirish vaqtingizni, pulingizni va albatta mavqeingizni saqlab qoladi.

Siz qaysi faktorni eng muhim deb hisoblaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
197 views08:13
Ochish/sharhlash
2021-11-21 13:20:18
#Biznes #Savol

Starbucks kompaniyasi mijozlari o'zlarini yolg'iz his qilmasliklari uchun kafelarda aynan yumoloq stollardan foydalanadi.

Servisning shu jihatlarini ham o'ylagan kompaniya mana nima uchun bunchalik muvaffaqiyatli!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
185 views10:20
Ochish/sharhlash
2021-11-21 08:52:25
#Biznes #Savol

Coffeehouselar giganti bo'lmish Starbucks kompaniyasi nega kafelarida yumaloq stollardan foydalanadi?

Javobingizni izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
183 views05:52
Ochish/sharhlash
2021-11-20 05:16:05
#Biznes #Xabarlar

Amazondan Visaga tahdid

Keyingi yildan boshlab, Amazon kompaniyasi Buyuk Britaniyadan, Visa karta orqali to'lov amalga oshirishni qabul qilmaydi. Amazon bunga to'lov qilishda Visa tomonidan qoyilgan yuqori komissiya foizlarini sabab qilib ko'rsatmoqda.

"Amazon kompaniyasi iste'molchilar tanloviga tahdid qilishi noqulay vaziyatdir. Iste'molchilar tanlovi cheklanganda, hech kim g'olib bo'lmaydi." deb aytadi Visa kompaniyasi mas'ul xodimi.

Amazon esa "To'lovlarni qabul qilishdagi narxlar bizneslarning iste'molchilar uchun eng yaxshi narxlar bilan ta'minlashiga to'sqinlik qiladi" deydi.

Qaysi kompaniyani haq deb hisoblaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!
185 views02:16
Ochish/sharhlash