Get Mystery Box with random crypto!

#Biznes #Qiziqarli Wendy's kompaniyasini qutqargan reklama | BTalk | Biznes olami

#Biznes #Qiziqarli

Wendy's kompaniyasini qutqargan reklama

Hozirgi kunda texnologiya va ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan bir paytda kompaniya reklamasini yaratish unchalik muommo emas. Sizda kreativ g'oya bo'lsa bas. Lekin yaqin o'tmishda ham ko'plab kompaniyalar o'z reklamalarini gazeta yoki jurnallarda va televideniyalarda uzatishgan.

1984-yilda Wendy's fast food kompaniyasi o'zining "Where's the Beef?"(go'sht qayerda?) nomli reklama chiqaradi. Reklama juda ham oddiy va kreativ usulda hamda yumor aralashgan holda yaratilgan. Reklamada kompaniya o'zining gamburgerlari qanchalik qolgan gamburgerlardan farq qilishini ko'rsatgan. Ushbu reklama Wendy's kompaniyasi bankrotlik yoqasida turganida chiqarilgan va o'sha yilning o'zida kompaniya $76.2 mln daromad topgan. Reklama nomidagi ibora esa haligacha odamlar tomonidan ishlatilib kelinadi.

Sizga ham reklama g'oyasi yoqdimi? Izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!