Get Mystery Box with random crypto!

#Biznes #Qiziqarli #Fakt 'Bambuk' kompaniyalar Aytishlaricha | BTalk | Biznes olami

#Biznes #Qiziqarli #Fakt

"Bambuk" kompaniyalar

Aytishlaricha, bambuk daraxti 5 yil davomida parvarish qilinadi va shu davrda yerdan bir qarich ham o'sib chiqmaydi, lekin 5 yildan so'ng, yerdan unib chiqishni boshlaganida, u 5 hafta ichida 3-5 metr balandlikkacha ko'tariladi.

Dunyoda ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalar tarixi xuddi bambukning o'sishiga o'xshaydi. Quyida ularni ko'rib chiqamiz:

FedEx – Fredrick Smith 1971-yilda yetkazib berish xizmati kompaniyasiga asos soladi. Dastlab kompaniya faqat zararga ishlaydi va deyarli bankrot bo'lish arafasida, Fredrick Smith kazinoda yutgan puli orqali uni yana bir muddat ushlab tura oladi va 1975-yilda kompaniya birinchi foydasini qo'lga kiritadi. Hozirda FedEx qiymati $63 mlrd.

Amazon – Jeff Bezos garajida onlayn kitob magaziniga asos solgan va keyingi yillarda $1.6 mlrd daromad ko'rgan bo'lsada, kompaniya xarajatlari $719 mln ni tashkil etadi va bu raqamlar keyingi yillarda kamaymadi, balki o'sadi. Faqatgina tashkil etilganidan 9 yil o'tibgina, 2003-yildan Amazon foydaga kiradi. Hozirda Amazon qiymati $1.8 trln.

Tesla Motors – 2004-yilda kompaniyani Elon Musk sotib oldi va 2010-yilda esa IPO ga chiqdi. Ammo kompaniya o'zining foyda bilan chiqqan chorak yili 2013-yilga tog'ri keldi. Hozirda Tesla Motors qiymati $1.1 trln.

Siz ham bu kompaniyalar istiqbolini ko'ra olgan bo'larmidingiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@BTalkUz — biznes haqida gaplashamiz!