Get Mystery Box with random crypto!

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK

Telegram kanalining logotibi brzuz — "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK B
Telegram kanalining logotibi brzuz — "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK
Kanal manzili: @brzuz
Toifalar: Savdo
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 359
Kanalning ta’rifi

Rasmiy kanalimizga xush kelibsiz!
____________________________
ISHONCH TELEFON RAQAMI
☎️ 998781503222
📩 info@brz.uz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-08-22 16:31:54
Sportni sev, sport bilan yasha!

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda jamoat tashkilotlari hamkorligida O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31 yillik bayrami munosabati bilan "Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz" g'oyasi ostida xotin-qizlar o'rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori bilan quvnoq startlar sport musobaqasi tashkil etildi. Unda korxonaning sex va bo'limlaridan 6 ta jamoa o'zaro bellashishdi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
1.6K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-08-19 15:49:36
Sog'lom turmush tarzi – farovon hayot asosi

Prezidentimizning "Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda jamoat tashkilotlari hamda kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda shaxmat bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi. Barcha sex va bo'limlardan 12 nafar ishtirokchi qatnashishdi. Musobaqa tom ma'noda shaxmat bayramiga aylandi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
171 views12:49
Ochish/sharhlash
2022-08-19 14:50:00
"Birinchi rezinotexnika zavodi" – bugunim va ertam, kelajagimdir!

Javohir
AzizovReja-iqtisodiyot bo'limi boshlig'i:

O'tgan qisqa davr mobaynida jonajon O'zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo'lini bosib o'tdi. Bu yil istiqlolga erishganimizga 31 yil to'ladi. Ushbu qisqa davr har bir o'zbekistonlik uchun, ham sinovli, ham faxr-iftixorga to'la yillar bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 7 yoshdan to 70 yoshga qadar vatandoshlarimiz ushbu ne'mat qadrini his etib yashashmoqda.
Ayni kunlarda bir haqiqatni katta g'urur va iftixor bilan aytish joizki, mard va matonatli xalqimiz birdam, erkin va ozod Vatanning baxtli fuqarolaridir. Shu jumladan, men ham!

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
158 views11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-18 19:25:53
Korxonam – faxrim mening!

Jasurbek Abdaliyev
Press formalarga xizmat ko'rsatish uchastkasi boshlig'i:

Yurtimiz shu kunlarda bayram og'ushida. Mamlakatimiz hayotidagi unutilmas kun, mustaqillikka erishganimizga 31 yil to'lmoqda. Biz ham mustaqillik tengdoshlari Vatanimizning istiqloli bilan birga ulg'aydik, birga kelajak sari ildam qadam tashlab borayapmiz.
Ajdodlarimizning asriy orzusi bo'lgan mustaqil diyorda yashayotganligimiz bu bizning eng katta baxtimiz, eng katta omadimizdir. Men ham Baxtiyor insonlarimiz qatorida tinchlik-omonlikda yashayotganligimdan, katta bir korxonada ish faoliyatimni olib borayotganimdan bag'oyatda xursandman.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
1.3K views16:25
Ochish/sharhlash
2022-08-18 15:25:52
Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo'qdir...

Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
241 views12:25
Ochish/sharhlash
2022-08-17 20:23:30
"Yangi O'zbekiston strategiyasi" – kelgusi 5 yillikning taraqqiyot strategiyasi demakdir

Mamlakatimizda keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma'rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi xalqimizni ma'nan birlashtirishga qaratilgan.
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda Prezidentimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" nomli audiolashtirilgan to'plamining taqdimoti o'tkazildi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
608 views17:23
Ochish/sharhlash
2022-08-17 12:00:09
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda komplayens xizmati tomonidan rezina qorishmalarini tayyorlash sexi ishchi-xodimlari ishtirokida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
203 views09:00
Ochish/sharhlash
2022-08-16 09:59:41
"BRZ"ning bilimdonlari aniqlandi

Prezidentimizning joriy yil 22-yanvarda "Zakovat" intellektual o'yinini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o'yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilingan edi. Qaror ijrosini ta'minlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda xodimlarning faol ishtirokini ta'minlash, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan, kuchli bilimga ega bo'lgan xodimlarni qo'llab-quvvatlash va ularga o'z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish hamda ularni rag'batlantirish maqsadida "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda "Zakovat" intellektual turniri tashkil etildi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
277 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-07-29 14:42:49
“OʻZKIMYOSANOAT” AJDA AQSHNING “HONEYWELL UOP” KOMPANIYASI BILAN IKKI TOMONLAMA MUZOKARALAR BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 28-iyul kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda AQSHning “Honeywell UOP” kompaniyasi vakillari bilan samarali ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazildi.

Batafsil:

“ЎЗКИМЁСАНОАТ” АЖДА АҚШНИНГ “HONEYWELL UOP” КОМПАНИЯСИ БИЛАН ИККИ ТОМОНЛАМА МУЗОКАРАЛАР БЎЛИБ ЎТДИ

Жорий йилнинг 28 июль куни “Ўзкимёсаноат” АЖда АҚШнинг “Honeywell UOP” компанияси вакиллари билан самарали ишлаб чиқаришни ташкил этишда замонавий технологиялардан фойдаланиш ва Ўзбекистон Республикаси ҳудудида кимё саноати соҳасида ҳамкорликни йўлга қўйиш юзасидан икки томонлама музокаралар ўтказилди.

Батафсил:
——————————————————————————————
Веб-сайт Telegram Facebook Instagram Youtube
144 views11:42
Ochish/sharhlash
2022-07-29 13:49:19
"Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJ ning MHXS (Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti) bo'yicha ma'lumotlari

Ma'lumki, 2021-yil 17-sentyabrda "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ va "TTT AUDIT" MCHJ o'rtasida 2018-2020-yillar uchun shakllantirilgan xalqaro audit standartlari bo'yicha umumiy qiymati 235 million so'm miqdoridagi shartnoma imzolangan edi.

Batafsil:

Веб-сайт Telegram Facebook Instagram
160 views10:49
Ochish/sharhlash