Get Mystery Box with random crypto!

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak- | "Birinchi rezinotexnika zavodi" MCHJ XK

“O`zkimyosanoat” AJ tizimidagi “Maxam-Chirchiq” AJning Ammiak-1 ishlab chiqarish sexi sintez bo`linmasida bugun sodir bo`lgan portlash va yong’in natijasida ishchi xodimlar va korxonaning boshqa ishlab chiqarish maydonlari hamda aholi yashash punktlariga zarar yetmagan. Shu bilan birga atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan. Bu bo`yicha barcha xavfsizlik choralari o`z vaqtida ko`rilgan. Yong’inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Korxonaning barcha boshqa sexlari uzluksiz belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Energetika vaziri
J. Mirzamahmudov boshchiligidagi komissiya a’zolari, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. Qo'ldoshev, “O`zkimyosanoat” AJ rahbariyati va mutaxassislari, IIV va boshqa tegishli mutasaddilar tomonidan hodisa sabablari va oqibatlari to`liq o`rganilmoqda.

“O`zkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati